Skot MakTominey: “Bu katta qaror edi, lekin qaysidir ma’noda u oddiy edi”

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Skott MakTominey “BBC Scotland” bilan suhbatda “Old Trafford”ni tark etishga qanday qaror qilgani haqida gapirib berdi.

“Bu katta qaror edi, lekin qaysidir ma’noda u oddiy edi, – dedi Skott. – Men “Napoli”da ehtirosli muxlislarni, murabbiyni, futbolchilarni hamda imkoniyatni ko‘rdim. Men bir qarorga keldim va o‘shandan beri ortga qayrilib qaramadim.”

“Bu ikki tomonlama qaror edi, menga shunday deyishdi: “Mana shunday imkoniyat bor, ketmoqchimisan?.” 

Albatta, men klub qiyin vaziyatga tushib qolganini va unga FFP qoidalari bosim o‘tkazganini tushunaman, bundan tashqari, klublar har doim o‘z tarbiyalanuvchilarini sotish haqida qaror qabul qilishlari qiyin, lekin mening qarorimga bularning barchasi ta’sir qilmadi, men shunchaki “Napoli”ga borishni va u yerda boshqacha bir narsa qilishga harakat qilishni xohladim.”

“Men “Yunayted”ga besh yoshimda beri kelganman, shuning uchun bu, albatta, hissiy xayrlashuv edi. O‘zimning so‘nggi kunimda baza bo‘ylab sayr qilishimga va ko‘p yillardan beri tanish bo‘lgan barcha odamlarni ko‘rishimga to‘g‘ri keldi… Xayrlashish juda qiyin edi, lekin futbol shunday, hayot shunday.”

“Men Erik (Ten Xag) bilan gaplashdim va u bu vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi, lekin men shunday dedim: “Quloq soling, bu mening karyeram va men davom etishni xohlayman.” O‘sha paytda men faqat o‘zim va maqsadlarim haqida o‘ylashim va to‘xtatuvchi omillarga e’tibor bermasligim kerak edi.”

“Biz do‘stona xayrlashdik. Men bu klubni juda yaxshi ko‘raman, u 22 yil davomida hayotim bo‘lgan, lekin endi men harakatlanishda davom etyapman va menga “Napoli” juda yoqadi.

Back To Top