“Barselona” ning 17 yoshli yulduzi Lamin Yamalning Ispaniya matbuotiga bergan intervyusi.
2024-yilgi Yevropa chempionatidagi g‘alaba, “Golden Boy”, Kopa mukofoti… Bularni tasavvur qilish ham qiyin, shunday emasmi?
– Ha, bu to‘g‘ri. Yosh bo‘lishimga qaramay, kutilmagan yutuqlarga erishdim. Ammo men doimo xotirjam bo‘lishga va oyoqda mahkam turishga intilaman. Mening karyeram endigina boshlanmoqda.
Bu mukofotlarni qayerga qo‘yasiz? Axir ularning soni tobora ko‘payib bormoqda.
– Hozircha ular ota-onamning uyida turibdi. Chunki aynan ular meni doimo qo‘llab-quvvatlab, yonimda bo‘lishadi. “Golden Boy” kabi mukofotlarni olganimda, ularni ota-onamga minnatdorchilik ramzi sifatida taqdim etaman.
Kundalik hayotingiz juda o‘zgarib ketdimi?
– Biroz o‘zgardi. Endi oddiy ko‘chada yurish yoki, aytaylik, do‘stlarim bilan kinoga borishim qiyinlashdi.
Qanday qilib oyoqda mahkam turib olasiz? Kim doimo siz bilan birga bo‘ladi?
– “Barsa” bilan chempionlik unvonlarini qo‘lga kiritish va oilamning farovonligiga hissa qo‘shish