
“Neftchi” O’zbekistonda “Galaktikos” yig’moqda! Farg’onaliklar birin-ketin “qaynoq” transferlarni e’lon qilishdi. Dastlab “Navbahor”dan Farruh Sayfiyev hamda Eldor Suyunovlar olib kelindi.

Undan so’ng O’zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi va o’tgan mavsumni OKMKda o’tkazgan Shoxruh Gadoyev farg’onaliklar safiga kelib qo’shildi.

Biz uchun kutilmagan bo’lgan transfer esa Toshkentning “Lokomotiv”, “Paxtakor”, Koreyaning “Seul”, “Gangvon”, “Dejon” hamda “Seongam” klublarida to’p tepgan O’zbekiston terma jamoasining tajribali yarimhimoyachisi Ikrom Aliboyev transferi bo’ldi. Klub 2025-yilda o’z oldiga chempionlik masalasini jiddiy qo’ygan shekilli.