“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Kazemiro faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, braziliyalik futbolchiga Saudiyaning uch klubi qiziqish bildirmoqda. Ular orasida Krishtianu to‘p suradigan “An-Nassr” ham bor. Kazemiro yanvar oyidayoq mankunianliklar safini tark etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Kazemiro “Real” va “Manchester Yunayted” jamoalarida Krishtianu bilan birga to‘p surgan.
Braziliyalik joriy mavsum APLda 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qilgan.