Vinisius Junior La Liganing 2 o‘yiniga diskvalifikatsiya qilindi

“Real” vingeri Vinisius Junior La Liganing ikki o‘yiniga chetlatildi.

VALENCIA, SPAIN – JANUARY 03: Vinicius Junior of Real Madrid reacts during the LaLiga EA Sports match between Valencia CF and Real Madrid CF at Estadio Mestalla on January 03, 2025 in Valencia, Spain. (Photo by Mateo Villalba/Getty Images)

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi “Valensiya”ga qarshi bahsda raqib klub darvozaboni Stole Dimitriyevning yuziga zarba bergani uchun qizil kartochka olgandi.

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi intizom qo‘mitasi Vinisiusni chempionatning ikki o‘yiniga chetlatish bo‘yicha qaror qabul qildi. Shu tariqa Vini “Real”ning “Las-Palmas” va “Valyadolid”ga qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, diskvalifikatsiya Ispaniya Superkubogi bahslariga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Vinisius 9-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan “Malyorka”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Back To Top