Brunu Fernandesh “Manchester Yunayted” safida gol urish bo‘yicha Devid Bekhemni ortda qoldirdi

“Manchester Yunayted” Angliya Kubogining 3-bosqichida “Arsenal”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning asosiy bo‘limlarida 1:1 hisobida qayd etildi va g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Penaltilarda mankunianliklar g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchrashuvda “qizil iblislar” safida Brunu Fernandesh gol muallifiga aylandi. Shu tariqa portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted” safidagi gollari sonini 86 taga yetkazib oldi va bu borada Devid Bekhemni (85 ta gol) ortda qoldirdi.

Fernandesh klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 21-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Undan bitta oldinda 90 ta gol bilan Antoni Marsyal joy olgan. Bu borada rekordchi esa Ueyn Runi hisoblanadi. Runi mankunianliklar safida 253 ta gol muallifiga aylangan.

Back To Top