Xames Rodriges Meksikaning “Leon” klubi safiga o‘tdi.

Meksika jamoasi 33 yoshli yarim himoyachi bilan tuzilgan shartnoma bandlarini ochiqlamadi.
Avvalroq Xames yangi klubi bilan 2025-yilning oxirigacha bo‘lgan muddatga bitim imzolashi va uni yana bir yilga uzaytirish huquqi borligi aytilgandi.
Xames joriy mavsumni “Rayo Valyekano” safida boshlagan. La Ligada o‘tkazgan 6 o‘yinida Rodriges birorta golli vaziyatlarda ishtirok etmadi. Ispan klubi bilan nega shartnoma bekor qilingani esa ma’lum emas.
“Leon” Meksikaning 8 karra chempioni hisoblanadi. Jamoa keyingi yilda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi va “Chelsi”, “Flamengo” va “Esperans” kabi jamoalar bilan bir guruhda o‘ynaydi.
“Leon” “Portu”, “Real” va “Bavariya”ning sobiq futbolchisni “Gladiator” filmi uslubida tanishtirdi.