“Manchester Siti” braziliyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda Janluka di Marsio.

Ingliz klubi “Palmeyras”ning 18 yoshli futbolchisi Vitor Reys bilan kelishuvga erishgan. “Shaharliklar” himoyachi uchun 35 million yevro to‘lab beradi.
Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, “Siti” Reysni hoziroq o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi, biroq braziliyaliklar uni klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qadar o‘z tarkibida saqlab qolmoqchi.
Joriy mavsumda Vitor “Palmeyras” safida 22 ta o‘yin o‘tkazgan.
Qayd etib o‘tish kerak, Manchester klubi o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Insayder Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, himoyachi va klub o‘rtasida muzokaralar allaqachon yakunlangan.