Neymar faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

“Al-Hilol” hujumchisi “Chikago Fayr” bilan muzokara olib bormoqda, deya xabar beradi Foot Mercato.
Amerika klubi braziliyaliklikni yanvar oyidayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va unga 2 yillik shartnoma taklif qilingan. Hozircha muzokaralarda ilgari siljish yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2023-yilning oktyabr oyidan 2024-yilning oktyabriga qadar jarohati sababli maydonga tushmadi. Joriy mavsumda esa futbolchi 2 ta o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi va yana jarohat oldi.