“Real” Trent Aleksander-Arnold kelguniga qadar himoyaga vaqtinchalik futbolchilarni ko‘rib chiqmoqda

“Real” Trent Aleksander-Arnold kelguniga qadar himoyani kuchaytirish ishlarini olib bormoqchi.

Trent Alexander-Arnold of Liverpool plays during the Premier League match between Nottingham Forest and Liverpool at the City Ground in Nottingham, England, on January 14, 2025. (Photo by MI News/NurPhoto via Getty Images)

“Madrid” klubi “Liverpul”ning 26 yoshli himoyachisining yozda erkin agent sifatida jamoaga kelib qo‘shilishiga ishonmoqda.

Biroq, Karlo Anchelotti qishki transfer oynasidayoq o‘ng qanot himoyasiga yangi futbolchi olish kerak deya hisoblaydi. Rahbariyat esa Trent kelguniga qadar arzon va vaqtinchalik variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

AS nashrining xabariga ko‘ra, Pedro Porro (“Tottenhem”), Jeremi Frimpong (“Bayer”) va Denzel Dumfris (“Inter”) “Real” uchun utopik variantlar hisoblanadi. Chunki bu futbolchilarning narxi juda qimmat.

Shuningdek, hozirda “Milan”da to‘p surayotgan “Real” tarbiyalanuvchisi Aleks Ximenes va “Chelsi” a’zosi Ris Jeymsni ijaraga olish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Rahbariyat qishki transferlarda 10-15 million yevro evaziga futbolchi sotib olishi mumkin. Ehtimoliy variantlar ichida Xuanlu Sanches (“Sevilya”), Andrey Ratsiu (“Rayo Valyekano”), Xon Aramburu (“Real Sosyedad”) bor.

Undan tashqari Benjamen Pavar (“Inter”) va Serj Orye variantlari ham mavjud. Orye hozirda klubsiz ekanligi hisobga olinsa, uning tajribasi “qaymoqranglilar”ga qo‘l kelishi mumkin.

Back To Top