“Barselona” Flik bilan shartnomani uzaytiradi

“Barselona” Hansi Flik bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

JEDDAH, SAUDI ARABIA – JANUARY 11: Barcelona head coach Hansi Flick speaks during the press conference before the Spanish Super Cup final between Real Madrid and FC Barcelona at the King Abdullah Sports Arena in Jeddah, Saudi Arabia on January 11, 2025. (Photo by Ismael Adnan Yaqoob/Anadolu via Getty Images)

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar murabbiy bilan keyingi mavsum boshiga qadar yangi shartnoma imzolash borasida muzokaralarni boshlamoqchi. Mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Qayd etilishicha, “Barselona” rahbariyatining o‘zi ham Flikning natijalari bu qadar yaxshi bo‘lishini kutmagan. Rahbariyat murabbiy yangi jamoani qurishda asosiy figura bo‘ladi deb hisoblaydi.

Muzokaralar oson kechishi kutilmoqda, nemis mutaxassisi hozirgidan balandroq maosh olishi ham mumkin. 2024-yilda u kamaytirilgan maoshga rozi bo‘lib, “ko‘k-anorranglilar”ni qabul qilib olgan edi.

Back To Top