“Manchester Siti” “Ayntraxt” futbolchisi Omar Marmush bilan kelishuvga erishdi.

Sky Sport nashrining xabariga ko‘ra, “shaharliklar” hujumchi uchun 80 million yevro to‘lab beradi.
25 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2029-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Oldinda uni tibbiy ko‘rik kutib turibdi.
Marmush joriy mavsum Germaniya chempionatida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urgan va to‘purarlar bahsida 2-o‘rinda borayotgan edi. Birinchi o‘rinni “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn 18 ta gol bilan egallab turibdi.