
O’zbekiston futbolchilar uyushmasi (UFU) klublari bilan shartnomasi yakunlangan, ammo hozirda biror bir klub bilan shartnomasi yo’q bo’lgan futbolchilar sport formasini yaxshi ushlab turishlari hamda ularga jamoalardan taklif tushganda muammolar yuzaga chiqmasligi uchun ular bilan mashg’ulotlar tashkil qilib kelishmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad vaqtincha jamoasiz bo’lib turgan futbolchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash hamda xalqaro FIFPRO tashkiloti belgilab bergan turli xil maqsadlarni amalga oshirish hisoblanadi.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish maqsadida 17-yanvar kuni uyushma futbolchilari va superliga yo’llanmasini qo’lga kiritgan “Qo’qon-1912” klubi o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi.

Ushbu o’rtoqli o’yinidan olingan fotosuratlarni e’tiboringizga taqdim etamiz




