
Poytaxtimiz mezbonlik qilgan Futzal bo’yicha ayollar o’rtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichining “C” guruhi so’nggi uchrashuvlari bo’lib o’tdi. So’nggi turda O’zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonlik qizlarga qarshi bahs olib borishdi. Ushbu bahsda qozongan taqdirda qizlarimiz musobaqaning final bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritar edilar. Yuqori tempda bo’lib o’tgan ushbu bahsda vakillarimiz 6:2 hisobida g’alab qozonib bu yil Xitoyda bo’lib o’tadigan Osiyo kubogiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.
Osiyo kubogida qizlarimizga omad tilaymiz. “C” guruh quyidagi ko’rinishda yakunlandi.
