Antoni ijara asosida “Betis”ga o‘tadi.

Bu haqida insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.
24 yoshli futbolchi mavsum oxiriga qadar ijara asosida ispan klubi sharafini himoya qiladi. Tomonlar kelishuvga erishgan.
Avvalroq “Manchester Yunayted” Antonining maoshi bir qismini to‘lab berishi aytilgandi.
Joriy mavsum APLda braziliyalik futbolchi 8 ta o‘yinda ishtirok etib, birorta golli vaziyatda qatnashmadi.