Dortmundning “Borussiya” jamoasi bosh murabbiy Nuri Shaxinni iste’foga chiqardi. Bu haqida jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Afsuski, joriy mavsumda “Borussiya”ning sport ambitsiyalarini amalga oshirish imkoni bo‘lmadi. Klubga omad tilayman”, — Shaxinning so‘zlaridan iqtibos keltiradi matbuot xizmati.
“Borussiya” Bundesliga turnir jadvalida 25 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi. Nuri o‘tgan yilning yozida jamoani qabul qilib olgandi. Undan avval Edin Terzich klub bosh murabbiyi sifatida ishlagan va Shaxin unga yordamchi murabbiy bo‘lgan.