Opta Analyst tahliliy portali Madridning “Real” klubining Chempionlar Ligasining dastlabki 8 talik ro‘yxatidan joy olish ehtimolini baholadi.

Guruh bosqichining 7-turida “qaymoqranglilar” “Zalsburg” ustidan 5:1 hisobida zafar quchdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng portal yangilangan formatdagi YCHL jadvalida kuchli sakkizlikka kirish ehtimolini 2,9% deb baholadi.
Eslatib o‘tamiz, 7 tur yakunlariga ko‘ra madridliklar 12 ochko to‘plagan holda 16-o‘rinda bormoqda. Turnir doirasidagi keyingi o‘yin 29-yanvar kuni “Brest”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
