Rubin Hebay “Nasaf” bilan shartnoma imzoladi.

Oʻzbek futbol muxlislariga begona boʻlmagan albaniyalik hujumchi Rubin Hebay faoliyatini Qarshi jamoasida davom ettiradi.
Faoliyati davomida Albaniya, Ukraina, Saudiya Arabistoni, Tunis jamoalarida, 2023-yilda Andijonning “Andijon” jamoasida toʻp surgan hujumchi yangi mavsumni “Nasaf”da boshlaydi.
Futbolchi jamoa bilan bir yillik kelishuvga erishdi.


