“Portu” ning orzusini amalga oshirgan inson

2002-yilning yanvar oyida yosh Joze Mourinyo “Portu” bosh murabbiyi etib tayinlanadi.

Mavsum yarimgacha u butun jamoani va jamoa mentalitetini shakllantirib ulgurdi. Mourinyo ommaga “Biz kelasi mavsumda chempion bo‘lamiz” deya ochiqcha bayonot berdi.

2002/03-mavsumda “Portu” Portugaliya chempionatida g’olib bo‘ldi. Shuningdek Portugaliya kubogi va Yevropa ligasida ham klub zafar quchadi. Jozening o‘ziga hos innovatsion taktikasi “Portu” ni butkul dominatorga aylantirdi.

2004-yil Yevropa chempionlar ligasida Mourinyo sensatsion tarzda g‘alaba qozondi. “Portu” musobaqada “Manchester Yunayted”, “Lion”, “Deportivo” kabi raqiblarni mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda ular “Monako” ni 3-0 hisobida yengib turnir g‘olibiga aylandi.

Joze jamoaga ditsiplina va hotirjamlik olib keldi. U futbolchilargan shunday degan edi: “Siz faqat o‘zingiz uchun emas, balki har bir portugaliyalik muhlis uchun kurashyapsiz”.

Chempionlar ligasi g’olibligidan keyin Mourinyo “Chelsi” ga yo‘l oldi. Ketish oldidan u “Portu” muhlislariga shunday degan edi:  “Men muammo yo‘q joyda qolmayman. Bu yerdagi vazifamni bajardim”.

#mourinyo #portu #jahon

Back To Top