Viktor Osimhen jurnalistga hujum qildi

Turkiyaning Posta nashri muxbiri Tolgu Bozduman “Galatasaroy” hujumchisi Viktor Osimhen unga hujum qilganini ma’lum qildi.

Jurnalist futbolchini tungi klubdan chiqayotgan vaqtda suratga olgan.

“Biz uch nafar sherigim bilan Osimhenni chiqishda ko‘rib qoldik. Suratga olishni boshlaganimizda esa qiyomat boshlandi. Osimhen baqirgan holda menga tashlandi, men esa qarshilik ko‘rsatishga urindim. U boshimga zarba berdi. Viktor biz bilan tortisha boshladi. Pul evaziga suratlarni o‘chirishni taklif qildi. Rad javobini olgach esa bizga tahdid qildi”.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumni “Napoli” safida o‘tkazgan Osimhen joriy mavsum “Galatasaroy”da ijara asosida to‘p surmoqda.

Back To Top