Neymar “Santos”ga o‘tishga yaqin turibdi.

Braziliya klubi rahbariyati “Al-Hilol” hujumchisi bilan kelishuvga erishgan. Bu haqida jurnalist Fabrisio Romano ma’lum qildi.
32 yoshli futbolchi sobiq jamoasiga o‘tishga rozi. Ushbu haftada rasmiy ishlar yakunlanadi.
Avvalroq “Santos” Neymarni ijaraga olishi, yozda esa futbolchi “Al-Hilol” bilan shartnomani bekor qilishi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2003-yildan 2013-yilga qadar “Santos” tizimida to‘p surgan va 2009-yilda asosiy tarkibdan joy olgan. Jamoa bilan birgalikda u Braziliya Kubogi hamda Libertadores Kubogida zafar quchgan.
Neymar Braziliya terma jamoasining to‘purari (128 o‘yinda 79 ta gol) hisoblanadi.