Saudiya Arabistoni Vinisius uchun yangi taklif tayyorlamoqda.

Kelayotgan yozda “Real” vingeri Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkin.
AS nashrining xabar berishicha, madridliklar braziliyalik futbolchi uchun 300 million yevro oladi.
Vinisiusning o‘ziga esa 5 yil uchun 1 milliard yevro beriladi — yiliga 200 million yevro.
Avvalroq Vinisius Juniorning “Al-Ahli”ga o‘tishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, yaqindagina Neymar bilan xayrlashgan “Al-Hilol” ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Hozircha hech qanday muzokaralar olib borilgani yo‘q. “Real” esa Vini shartnomasidagi tovon pulini 1 milliard yevroga ko‘tarish bandini faollashtirmoqchi.