Kazemiro Eldor Shomurodovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Kazemiro “Manchester Yunayted”dan “Roma”ga o‘tishi mumkin.

Bu haqida Sky Italia nashri xabar bermoqda. Mankunianliklar 32 yoshli yarim himoyachini yozga qadar ijaraga berishga tayyor.

Ingliz klubi rahbariyati Kazemironi sotishga tayyor edi. Biroq futbolchi uchun takliflar kelib tushmagan. Rim jamoasi esa ijara borasidagi taklif bilan chiqqan. Yaqin kunlarda kerakli hujjatlar imzolanadi.

Braziliyalik yarim himoyachi joriy mavsum APLda 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golga mualliflik qildi.

#kazemiro #man yunayted #roma #transfer

Back To Top