“Man Siti”da imkon bormi? 1-o‘rinni “Barselona” egallaydimi yo “Liverpul”? Bugun YCHL o‘yinlarining so‘nggi tur o‘yini bo‘lib o‘tadi

Toshkent vaqti bilan 29-yanvardan 30-yanvarga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining 8-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan mavsum guruh bosqichining barcha o‘yinlari bir kunda bo‘lgani kabi bu safar ham shunday bo‘ladi, faqat bu gal 18 ta o‘yin.

Faqatgina “Liverpul” va “Barselona” bahorda o‘yinlar bo‘lishini biladi — ikkalasi ham 1/8 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Qolgan jamoalarning holati esa hozircha aniq emas.

Qolgan 6 o‘rin uchun 9 ta jamoa kurash olib bormoqda.

“Siti”, “PSJ” va boshqa jamoalar nimalar qilishi lozim?

“Manchester Siti” “Bryugge” (11 ochko) qarshi o‘ynaydi va inglizlarga faqatgina g‘alaba kerak.

“PSJ”da ham omadsizlikka uchrash ehtimoli bor. Ular turnir jadvalida yaqin bo‘lgan “Shtutgart”ga qarshi o‘ynaydi. Durang ikkala jamoani ham qoniqtiradi,

“Dinamo” Zagreb “Milan”ni qabul qiladi, “Shaxtyor” esa Borussiyaga safar qiladi.

Opta Superkompyuteriga ko‘ra, jamoalarning pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish ehtimoli — “Shaxtyor” (0,1%), “Dinamo” Z (15,3%), “Shtutgart” (65,7%) va “Man Siti”da (63,8%) esa imkoniyatlar deyarli bir xil.

Bugun kim kimga qarshi o‘ynaydi?

Onlayn jadval (o‘yinlar boshlanishi bilan bu jadvalda o‘zgarishlar bo‘ladi):

1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqadigan jamoalar

  1. “Liverpul” – 21
  2. “Barselona” – 18
  3. “Arsenal” – 16
  4. “Inter” – 16
  5. “Atletiko” – 15
  6. “Milan” – 15
  7. “Atalanta” – 14
  8. “Bayer” – 13

O‘tish o‘yiniga yo‘llanma oladigan jamoalar

  1. “Aston Villa” – 13
  2. “Monako” – 13
  3. “Feyenoord” – 13
  4. “Lill“ь” – 13
  5. “Brest“ – 13
  6. “Borussiya D” – 12
  7. “Bavariya” – 12
  8. “Real Madrid” – 12
  9. “Yuventus” – 12
  10. “Seltik” – 12
  11. “PSV” – 11
  12. “Bryugge” – 11
  13. “Benfika” – 10
  14. “PSJ” – 10
  15. “Sporting” – 10
  16. “Shtutgart” – 10

Chiqib ketadi

  1. “Man Siti” – 8
  2. “Dinamo Zagreb” – 8
  3. “Shaxtyor” – 7

Barcha jamoalarning pley-offga chiqish imkoniyati. Opta Superkompyuteriga ko‘ra ehtimoliy natijalar:

Dastlab, turnir jadvalining pastki qismi

Va yuqori. “Birinchi o‘rin” pozitsiyasi uchun faqatgina 2 jamoa ko‘rib chiqildi, xolos

#matchday #uefa #chempionlarligasi #real #barselona #liverpul #futbol

Back To Top