Serxio Ramos Meksika klubi bilan 1 yillik shartnoma imzoladi

Serxio Ramos erkin agent sifatida “Monterrey” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, himoyachi yangi jamoasida bir mavsum davomida 4 million yevro va qo‘shimcha bonuslar oladi.

Insayder Fabrisio Romano esa Meksika jamoasi bilan 1 yillik shartnoma imzolanganini xabar qildi.

38 yoshli ispaniyalik himoyachi o‘tgan yili yozda “Sevilya”ni tark etganidan buyon erkin agent maqomida turgan edi.

Back To Top