“Manchester Siti” qishki transferlar oynasida 212 million yevro sarfladi

“Manchester Siti” qishki transferlar oynasida 212 million yevro sarfladi.

Foto: Getty Images

Yakunlangan transferlar oynasida ingliz klubi 4 ta transferga qo‘l urdi.

“Shaharliklar” himoyachilar Vitor Reys (37 million yevro), Abduqodir Husanov (40 million yevro), yarim himoyachilar Omar Marmush (75 million yevro), Niko Gonsales (60 million yevro) kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

“Manchester Siti” qishki transferlar oynasida katta pul sarflash bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

2023-yilning qishida “Chelsi” yangi futbolchilar uchun 330 million yevro sarflagan edi.

Back To Top