Ispaniya chempionatining 23-turida “Barselona” “Sevilya” ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Kataloniyaliklar La Liga doirasida “Sevilya”ga 9 yildan buyon mag‘lub bo‘lmayapti.
“Ko‘k-anorranglilar” so‘nggi bor 2015-yil oktyabr oyida andalusiyaliklarga mag‘lub bo‘lgan edi. Shundan buyon jamoalar La Liga doirasidagi uchrashgan barcha o‘yinning 15 tasida “Barselona” g‘alaba qozongan va 4 ta o‘yin durang bilan yakunlangan.