Karlo Anchelotti “Real” hujumchilaridan norozi

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Atletiko”ga qarshi bahsda (1:1) bir necha futbolchisining o‘zini tutishidan jahli chiqqan, deya xabar bermoqda Footmercato.

“Kiyim almashtirish xonasida italiyalik murabbiy 4 futbolchiga baqirgan: Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Vinisius Junior va Rodrigo”, — yoziladi manba xabarida.

Anchelotti ushbu futbolchilar hujum vaqtida individual harakatlariga e’tibor berib, sheriklarini ko‘rmay qolganidan norozi bo‘lgan.

Shuningdek, mutaxassis ularning himoyaga umuman yordam bermagani uchun ham jahli chiqqan. Agar keyingi o‘yinlarda ham shunday holat yuz bersa, Anchelotti asosiy tarkibni o‘zgartirishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Chempionlar Ligasining o‘tish o‘yinida “Manchester Siti”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11-yanvardan 12-yanvarga o‘tar kechasi 01:00 da bo‘lib o‘tadi.

Back To Top