Kilian Mbappe 2025-yildagi gollari sonini 10 taga yetkazdi.

“Real” hujumchisi Chempionlar Ligasi doirasida “Manchester Siti” darvozasini (3:2) ishg‘ol etdi.
Shu tariqa fransuz barcha musobaqadagi gollari sonini 10 taga yetkazdi — La Ligada 6 ta, YCHLda 2 ta va Ispaniya Kubogi hamda Ispaniya Superkubogida bittadan gol urdi.
Top-5 ligalar ichida faqatgina Usmon Dembele undan oldinda. “PSJ” vingeri hisobida yil boshidan buyon 15 ta gol mavjud.