Vinisius Junior: Bannerni ko‘rdim, bu menga yaxshi o‘yin ko‘rsatishimga yordam berdi

Futbol bo‘yicha Chempionlar Ligasining o‘tish o‘yini birinchi bahsida “Real” “Manchester Siti” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdan so‘ng madridliklar futbolchisi Vinisius Junior o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Yomon chiqmadi. Yaxshi o‘yin o‘tkazdim. Himoyada yaxshi harakat qildik. “Real” libosida yuqoriga ko‘tarilish uchun bu yerda edik.

Bannerni ko‘rdim, bu shunchaki raqib muxlislari doim qiladigan narsa, bu menga kuch berdi va yaxshi o‘yin o‘tkazishimga sabab bo‘ldi.

Ular bizning tariximizni yaxshi biladi, Chempionlar Ligasida nimalarga qodirligimizni bilishadi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” muxlislari o‘yindan oldin ulkan bannerga “Yig‘lashni bas qil” yozuvini yozib, unda Rodrining “Oltin to‘p” bilan tushgan suratini qo‘yishgan edi.

Back To Top