Karlo Anchelotti “Real”da qolishi uchun kattaroq kubok yutishi kerak bo‘ladi.

Relevo nashrining xabar berishicha, mutaxassisning o‘zi ham Madrid jamoasida qolishni xohlaydi, rahbariyat ham murabbiy bilan hamkorlikni davom ettirishni maqsad qilgan.
Biroq, Anchelotti Chempionlar Ligasida yoki La Ligada g‘alaba qozona olmasa, jamoadan ketishga majbur bo‘ladi. Agar ikkala kubokdan birortasi qo‘lga kiritilsa, Karlo 2026-yilga qadar jamoada qoladi.
Ushbu mavsum oxiri yoki keyingi mavsum oxirida Anchelotti jamoani tark etishi bilan uning o‘rnini Xabi Alonso egallashi kutilmoqda.