Bugun Nyon shahrida Chempionlar Ligasining 1/8, 1/4 va 1/2 final o‘yinlariga qur’a tashlanadi.

Turnir jadvalidagi kuchli 8 lik 1/8 finalga yo‘l olgandi, qolgan 8 ta jamoa esa o‘tish o‘yinlari orqali saralandi.
Qur’a Toshkent vaqti bilan 16:00 da bo‘lib o‘tadi.
Setkaning chap tomoni:
“PSJ” — “Liverpul” yoki “Barselona”
“Bryugge” — “Lill” yoki “Aston Villa”
“Real” — “Atletiko” yoki “Bayer”
“PSV” — “Arsenal” yoki “Inter”
Setkaning o‘ng tomoni
“Benfika” — “Barselona” yoki “Liverpul”
“Borussiya D” — “Aston Villa” yoki “Lill”
“Bavariya” — “Bayer” yoki “Atletiko”
“Feyenoord” — “Inter” yoki “Arsenal”
1/8 finalning o‘yinlari 4/5 va 11/12-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. 1/4 final bahslari 8/9 va 15/16-aprel sanalarida, yarim final o‘yinlari esa 29/30-aprel, 6/7-may sanalariga mo‘ljallangan. Final esa 31-may kuni Myunxenda o‘tkaziladi.