Lionel Messi o‘z libosini hakamga taqdim etdi.

“Inter Mayami” KONKAKAF Chempionlar Kubogining birinchi davra o‘yinida “Kanzas-Siti”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Argentinalik futbolchi uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi.
Uchrashuvning bosh hakami Marko Antonio Ortis Nava edi. ESPN nashrining yozishicha, uchrashuv yakunlangach, meksikalik hakam Messining oldiga borib, uning libosini so‘ragan. Leo esa referiga o‘z libosini taqdim etgan.
Qayd etib o‘tish kerak, Kanzas-Sitidagi o‘yin vaqtida havo harorati -16 gradus bo‘lgan.