Robin van Persi “Feyenoord”ni boshqaradi.

Rotterdam klubi 41 yoshli mutaxassis bilan bilan kelishuvga erishdi. Van Persining yordamchisi bo‘lib Rene Xake ishlaydi. Murabbiy bilan 2027-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi.
Van Persi 1998-yildan 2004-yilgacha “Feyenoord”ning yoshlar va asosiy jamoasida to‘p surgan. Aynan ushbu klubda professional faoliyatini boshlagan. 2021-yildan 2024-yilgacha “Feyenoord”ning yoshlar jamoasini boshqargan.
“Feyenoord” Niderlandiya chempionatida 22 turdan so‘ng 40 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallab turibdi.