“Barselona” Lamin Yamal bilan shartnomani uzaytiradi.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar vinger bilan bitimni 2030-yilga qadar uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Yamalning hozirgi maoshi asosiy tarkib futbolchisi darajasi uchun minimal hisoblanadi. Bonuslar u oladigan maoshdan yuqori.
Hozirda tomonlar hamkorlikning moliyaviy tomonlarini muhokama qilmoqda. Tez orada bitim rasman imzolanadi.