“Manchester Yunayted” ish o‘rinlari qisqartirilayotganini e’lon qildi.

Klub 150-200 xodimini ishdan bo‘shatayotganini ma’lum qilgan.
“Manchester Yunayted”ning qarori klubning moliyaviy mustahkamligi va operatsion samaradorligini oshirish chora-tadbirlari doirasida klub korporativ tuzilmasini o‘zgartirish rejalari doirasida qabul qilindi. Islohotlar yordamida 2019-yildan boshlab 5 yillik yo’qotishlardan so’ng klubni rentabellikka qaytarish kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, klub yozda 250 ishchisi bilan xayrlashgan edi.