Antonio Konte “Milan”ni boshqarishi mumkin

“Milan” yozda klubni Antonio Konte boshqarishini istamoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, klub A Seriyada top-4 likka kirmasa, bosh murabbiy Serjiu Konseysauni iste’foga chiqaradi.

“So‘nggi kunlarda Konte ismi juda ko‘p tilga olinmoqda. Yozda “Milan” Antonio nomzodini rad etgandi. Hozir esa bu imkoniyat uchun ikkala tomonning ehtiyoji bor”, — deydi nashr.

Konte hozirda “Napoli”ni boshqaradi. Jamoa A Seriyada 26 o‘yindan keyin 56 ochko to‘plab, 2-o‘rinda bormoqda. 55 yoshli mutaxassisning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan.

“Milan” 7-o‘rinda bormoqda.

Back To Top