“Atletiko” joriy mavsumda “Barselona” va “Real”ga hali mag‘lub bo‘lmadi

“Atletiko” joriy mavsumda “Real” va “Barselona” jamoalariga mag‘lub bo‘lmayapti.

“Atletiko” Ispaniya Kubogining yarim final dastlabki o‘yinida kataloniyaliklar bilan 4:4 hisobida durang qayd etdi. Jamoalar chempionatda ham o‘zaro to‘qnash kelgan va “matraschilar” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Shuningdek, “Atletiko” “Real” bilan La Ligada 2 marta to‘qnash keldi. Ikkala uchrashuvda ham 1:1 hisobida durang qayd etildi.

16-mart kuni “Atletiko” La Liga doirasida “Barselona” bilan to‘qnash keladi. 2-aprel kuni esa Kubokning yarim final ikkinchi o‘yinida yana “ko‘k-anorranglilar”ga qarshi bahs olib boradi. Diego Simeone jamoasi Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Real” bilan 2 marta o‘ynaydi. O‘yinlar 4 va 12-mart sanalarida bo‘lib o‘tadi.

Back To Top