Rio Ferdinand Muhammad Salohni APL tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblamaydi.

“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisidan liga tarixidagi eng yaxshisi “Liverpul” vingerimi degan savolni so‘rashdi.
“Hech qachon. U Terri Anri va Krishtianu Ronalduni ortda qoldira olmaydi”, — deydi Ferdinand.
Saloh APLda 27 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.