Jerar Pike: “Lamin Yamal “Barselona”ning eng cho‘qqiga chiqqan vaqtlarida o‘ynaganida, tarkibdan joy ololmasdi”

Jerar Pike “Barselona”ning cho‘qqiga chiqqan vaqtlarida Lamin Yamal tarkibdan joy ololmasligi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Hozirgi avlod vakillari o‘ziga bo‘lgan ishonch bilan ajralib turibdi.

Oxir-oqibat, bitta savol bor: hozirda “Oltin to‘p”ga potensial nomzodlardan biri bo‘lgan Lamin (Yamal) o‘sha jamoaning yorqin vaqtlarida o‘ynagan bo‘larmidi? Kubarsi, Balde yoki Gavi bilan ham shu savolni qo‘llasa bo‘ladi. La Masiya doimo “Barsa”ning ajoyib iste’dod manbai bo‘lib kelganiga qaramay, menimcha, bu bizning o‘ziga xosligimiz va DNKmizning bir qismidir”, — deydi “Barselona”ning sobiq himoyachisi Iker Kasilyas bilan bo‘lgan suhbatda.

Back To Top