Tomas Myuller “Bavariya”da qolish uchun maoshi pasayishiga rozi.

Bild nashrining xabariga ko‘ra, 35 yoshli yarim himoyachi klub unga yangi bitim taklif qilsa, imzolashga rozi. Keyingi mavsumda asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmasligiga va maoshi pasayishiga rozi bo‘ladi.
Aprel oyiga qadar yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilmasa, “Bavariya”dan ketish haqida o‘ylab ko‘radi. Hozirda futbolchiga MLS klublari qiziqish bildirmoqda.
Myuller Myunxen klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2007-yildan buyon asosiy tarkibda o‘ynab kelmoqda.