Joze Mourinyo “Galatasaroy”ga qarshi bahsdan keyin (0:0) 42500 yevro jarimaga tortildi.

Turkiya futbol federatsiyasi “Fenerbahche” ustozini “sportga zid xulq-atvori” tufayli jarimaga tortdi.
Shuningdek, Mourinyo 4 ta o‘yinga ham chetlatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Joze o‘yindan so‘ng “Galatasaroy” murabbiylari va zaxira o‘rindig‘ida o‘tirganlarni “maymunga o‘xshab sakrashdi” deb gapirib o‘tgan edi.