“Qo’qon-1912” o’z maydonida vodiyning boshqa bir jamoasi Andijonning “Andijon” jamoasini mehmon qildi. Ushbu to’qnashuvning 1-taym 35-daqiqasida Rustam Turdimurodov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiquvchi golga mualliflik qildi. Oradan ko’p o’tmay, aniqrog’i, 42-daqiqada Andro Giorgadze muvozanatni tikladi. Mazkur bellashuv shiddatli kechgan bo’lishiga qaramay, ikkinchi 45 daqiqalikda darvozalar ishg’ol qilinmadi. Natijada ushbu qarama-qarshilik 1:1 hisobidagi durrang bilan yakuniga yetdi.