Ruben Amorim “Arsenal”ga qarshi o’yindan avval nimalar dedi?

Futbol bo’yicha APLning 28-tur bahsida “Manchester Siti” – “Arsenal” to’qnashadi. Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da start oladigan o’yindan avval “Qizil iblislar”ning bosh murabbiyi Ruben Amorim matbuot anjumanida qatnashdi va klublarni hozirgi holati va raqib jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida qisqacha to’xtaldi.

Matchday.uz saytining xodimlari quyida mazkur intervyuni sayt o’quvchilarining e’tiboriga havola qiladi.

“Menda Mikel Artetada bo‘lgani kabi ko‘p vaqt bo‘lmadi. Men bu borada klubimiz boshqacha ekanligini his qilaman. Artetaning bu muammolarni qanday hal qilgani barchani ilhomlantiradi. Lekin menda uning vaqtidek imkoniyat bo‘lmaydi.

Biz yakshanba kuni omon qolishimiz kerak. “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinning so‘nggi 20 daqiqasida jamoamiz juda charchadi. Bugun mashg‘ulotda qatnashgan har bir futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin”.

Back To Top