Superliga. “Neftchi” durang o’ynadi

“Bunyodkor” – “Neftchi” qarama-qarshiligida 2:2 hisobi qayd etildi, ilk gol 8-daqiqada mezbonlar a’zosi Najmiddin Normurodov tomonidan kiritilgan bo’lsa, oradan ko’p o’tmay, aniqrog’i 15-daqiqada Zoran Marushich hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo’ldi. Shu tariqa, jamoalar bo’limlar oralig’idagi 15 daqiqalik tanaffusga yo’l olishdi.

Ikkinchi 45-daqiqalikni faol boshlagan Vitaliy Levchenko shogirdlari 46-daqiqada Ibrohimhalil Yo’ldoshevning urgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. 1:2. Shu bilan uchrashuvdagi hisob 73-daqiqagacha o’zgarishsiz qoldi. 73-daqiqaga kelib, “Qaldirg’ochlar”ning Yaponiyalik legioneri Itsuki Urata tablodagi hisobni 2:2 ko’rinishiga keltirdi va o’yin shu hisobda yakunlandi.

Back To Top