E’tiborsiz qoldirilayotgan qahramonlar

Nafaqat bizda, balki butun dunyoda futbol bo‘yicha amputantlar terma jamoasi bor, buni balki ayrimlar bilar, boshqalar esa yo‘q, joriy yil Bangladesh mezbonligida o‘tgan Osiyo kubogida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, guruh bosqichidan muvaffaqiyatli tarzda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, bu bosqichda ham yirik 6:0 hisobida zafar quchib, turnir chempionligini qo‘lga kiritgan terma jamoamizga mazkur sport turidagi terma jamoalarimiz va klublarimiz nufuzli turnirlar-u Jahon chempionatlarida chempion, yoki sovrindor bo‘lganlarida beriladigan avtomobillardan tortib, uy yoki kvartiralar begona. Sababi ularga e’tibor yo‘q, bo‘lsa ham sezilmas darajada.

Shu onda savol tug‘iladi: Nega hukumatimiz boshqa terma jamoalarimiz-u klublarimizga, sportning boshqa turlaridagi sportchilarimizga ko‘rsatadigan e’tiborni o‘z vaqtida Jahon chempioni bo‘lgan bu qahramonlarimizga ham yetarlicha e’tibor qaratmaydi va sharoitlar yaratib bermaydi?

Maqola muallifi: Jahongir Isaqov

Back To Top