U Shomurodov haqida iliq so’zlarni aytdi

Avvalroq, Matchday.uz saytimiz va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bugun “Roma” o’ynaydi sarlavhasi ostida xabar e’lon qilgandik.

9-mart, kecha “Empoli” maydoniga safar uyushtirgan “Roma” 0:1 hisobida g’alabaga erishdi. Uchrashuvdagi tezkor va yagona gol muallifi Matias Sule.

Qimmatli 3 ochkoga ega bo’lgan “bo’rilar”ning bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri mazkur bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, 72 daqiqa o’yin o’tkazgan, 2 vaziyatda gol urolmagan Eldor Shomurodov haqida iliq so’zlarni aytdi.

Matchday.uz saytining xodimlari quyida mutaxassisning fikrlarini sayt o’quvchilarining e’tiboriga havola qiladi.

“Biz bu o‘yinni yaxshilashimiz kerak, aks holda, bunday bellashuvlarda durang qayd etib, nega bunday bo‘lganini o‘ylab qolamiz. Mavsumning ikkinchi yarmi har doim qiyin kechadi. Shuni ham ta’kidlashim kerak, bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘ynashga chanqoq bo‘lgan futbolchilarni tushirdim. Endi esa bor e’tiborimizni “Atletik Bilbao”ga qarshi to‘qnashuvga qaratib, yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilamiz.

Bugun butun jamoa menga yoqdi. Shomurodov ajoyib yigit, u faoliyati davomida ko‘p gol urmagan, ammo eng muhimi – to‘g‘ri vaqtda to‘g‘ri joyda bo‘lish. Bu esa uning eng ustun tomonlaridan biridir. Bundan tashqari, Eldor shu kungacha muhim gollar urdi va shunday davom etishidan umidvorman”.

Eslatib o’tamiz, Rim klubini 13-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45da boshlanadigan “Atletik Bilbao” bilan to’qnashuv kutmoqda.

Back To Top