
Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladigan futbol bo’yicha Elit OCHLning 1\8 finalidan o’rin olgan “Al-Hilol” – “Paxtakor” qarama-qarshiligi bo’lib o’tishidan xabardorsiz.
Matchday.uz saytining xodimlari quyida 2 mutaxassis va ularga hamrohlik qilgan futbolchilar ishtirokidagi matbuot anjumanini taqdim etadi.
“Paxtakor bosh murabbiyi Pedru Moreyra: “Al-Hilol” juda yaxshi futbol namoyish qiladigan va tajribali murabbiy qo‘l ostidagi ajoyib jamoa. Bu mutaxassis musobaqada eng katta tajribaga ega. Biz o‘z o‘yinimizni yaxshilashga urinmoqdamiz. Ijobiy natijaga erishishni istasak, vaziyatlardan foydalanishimiz va raqibga kamroq imkoniyat berishga urinishimiz lozim.
Biz bir oilaga aylanib, Chempionlar Ligasida olg‘a qadam bosishga urinyapmiz. Jamoa, o‘yinchilar, tashkiliy masalalar bilan oldinga qadam bosamiz. Butun mavsum uchun tayyorgarlik ko‘rdik. Muxlislarni jamoaga yaqinroq qilishga intilamiz. Bunga o‘z g‘alabalarimiz bilan harakat qilamiz.
Ushbu stadionda muhit ajoyib. Biz ishqibozlarimizning qo‘llashini his qilamiz. Men yangi klub, shahar va mamlakatni o‘rganmoqdaman. Klubdagi ilk kunimdan jamoa bilan katta orzular uchun ishlayapmiz. Biz uchun qiyin bo‘lishi mumkin, lekin kelajak uchun mehnat qilyapmiz. Jamoada hamma bir-biriga yordam berishga intilishi zarur. Oldinda bizni uzun mavsum kutib turibdi”.
“Paxtakor” yarim himoyachisi Jonatan Lukka: “Ertangi bellashuv Toshkentdagidan keskin farq qiladi deb o‘ylayman. Raqib o‘yin boshidan shiddatli harakat qilishini kutyapmiz.
Ularning tarkibida juda mahoratli futbolchilar bor. Biz uyushqoqlik bilan kamroq xatolarga yo‘l qo‘yishga intilishimiz lozim. Jamoa bilan o‘yinga yaxshi tayyorlandik va buni ko‘rsata olishga umid qilamiz”.
“Al-Hilol” bosh murabbiyi Xorxe Jezus: “Uchrashuv muhim va bizning maqsadlarimiz aniq. Bu liga o‘yini emas, biz g‘alaba qozonishimiz kerak bo‘lgan nokaut o‘yini.
Birinchi o‘yindagi mag‘lubiyatimiz tufayli natijada ortda qoldik va ertaga yuqori sifat bilan maydonga tushishga va o‘zimizga kerakli natijaga erishishga intilamiz.
Mitrovichning holati haqida gapira olmayman. Men buni mutaxassislarga topshirishni afzal ko‘raman va ro‘yxatga kiritiladimi yoki yo‘qligini tasdiqlay olmayman. Al-Shahrani, Renan Hassan Tambaktilar to‘liq tayyor. Ular yakuniy mashg‘ulotdan kelib chiqib, o‘yinda qancha foydalanashimizni hal qilamiz”.