“Inter”ning yarim himoyachisi ma’lum muddatni maydondan tashqarida o’tkazadi.

Bizga ma’lum bo’lishicha, 30 yoshli Polshalik legioner Petr Zelinski A-Seriyaning 28-turidan o’rin egallagan “Monsa”ga qarshi kechgan uchrashuvda jarohatga yo’lliqqanligi sababli bahslarda ishtirok eta olmaydi. Klubning ma’lum qilishicha, unda o’ng oyoq boldir mushaklari shikastlangan.
Sky sport nashriga ko’ra, o’z vaqtida “Napoli” sharafini himoya qilgan Petr kamida 45 kunni futbolsiz o’tkazishga majbur.