“Paxtakor” yirik hisobda yutqazdi

Futbol bo’yicha Elit OCHLning javob uchrashuvlari doirasida “Paxtakor” klubi o’yin o’tkazdi.

Olovli bahsda hisob 31-daqiqaga kelib mezbonlar a’zosi Al Yami tomonidan ochildi. 1:0. Oradan ko’p o’tmay, aniqrog’i, 42-daqiqada “Kok qanotlar”ning Braziliyalik legioneri Malkom gol urib, tablodagi hisobni 2:0 ko’rinishiga keltirishga muvaffaq bo’ldi. Shu tariqa to’qnashuvning 1-taymi yakunlandi va jamoalar 15 daqiqalik tanaffusga yo’l olishdi.

Jamoalar va uchrashuv rasmiylari tanaffusdan qaytishib 2-bo’limni o’tkazishdi. Qarama-qarshilikning 51-daqiqasida “sherlar”ning darvozasi tomon penalti belgilandi, 11 metrlikni tepishda adashmagan Salim Al Dovsari hisobni yiriklashtirdi. Shu tariqa, bellashuvning 90+3-daqiqasigacha gol urilmadi.

90+3-daqiqada Toshkentliklar darvozasini ishg’ol qilgan Nosir Al Dovsari o’yinga nuqta qo’ydi va jamoasini keyingi bosqich yo’llanmasini qo’lga kiritishini kafolatladi.

Back To Top